Talon yoʻqolsa ham, kafolat saqlanadi
Doʻkon sotuv paytida qurilmani eTrustʼga kiritadi. Siz esa IMEI yoki seriya raqami bilan kafolat muddatini istalgan vaqtda tekshirasiz.
IMEIʼni qanday topaman?
Telefonda *#06# ni tering: IMEI ekranga chiqadi. U qurilma qutisida ham yozilgan.
Telefon, planshet va kompyuter
Telefonlar IMEI, qolganlari seriya raqami orqali tekshiriladi.
Qanday ishlaydi
Kafolat yozuvini doʻkon yaratadi, siz esa faqat tekshirasiz.
-
1
Doʻkon qurilmani kiritadi
Sotuv paytida IMEI, sotilgan sana va kafolat muddati eTrustʼga yoziladi.
-
2
Siz raqamni tekshirasiz
IMEI yoki seriya raqamini kiriting. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.
-
3
Kafolat maʼlumoti chiqadi
Qolgan muddat, tugash sanasi va doʻkon kontaktlari bir sahifada.
Nega eTrust
Qogʻoz talon yoʻqoladi, yirtiladi va oʻchib ketadi. Raqamli yozuv esa doim joyida.
Muammo boʻlsa, doʻkon bir bosishda
Natija sahifasida doʻkonning telefoni, Telegram va Instagram sahifasi turadi. Qurilmani qayerdan olganingizni eslab oʻtirmaysiz.
Qolgan muddat aniq
12 oylik kafolatdan qolgani
Oʻzbek va rus tilida
Yozuvni faqat hamkor doʻkon kiritadi
Har bir doʻkon oʻz login va paroli bilan ishlaydi. Hisoblarni eTrust administratori ochadi va nazorat qiladi.
Savol-javob
Javob topilmasa, bizga yozing yoki qurilmani sotgan doʻkonga murojaat qiling.
Telefonda *#06# raqamini tering: IMEI ekranga chiqadi. U qurilma qutisida va Sozlamalar › Telefon haqida boʻlimida ham yozilgan.
Qurilma sotilgan kundan. Sotilgan sanani doʻkon kiritadi, tugash sanasini tizim oʻzi hisoblaydi.
Raqamni qayta tekshiring. Hammasi toʻgʻri boʻlsa, qurilmani sotgan doʻkon uni hali kiritmagan: doʻkonga murojaat qiling.
Yoʻq. eTrust kafolatni tekshiradi, taʼmirlash va almashtirishni qurilmani sotgan doʻkon bajaradi.